Ответы 2

  • Ota, meni o'ylab g'am yema,Ko'nglim - ko'hna ovchining saydi.Meni bandi aylagan kemaHali-veri to'xtash bilmaydi.Kamalakka aylanar yo'lim, Goho g'amnok, gohida sho'xman.Qaytishimni o'ylash kulgili -Men miltiqdan otilgan o'qman.Manzilim qay? Kimning yuragi?Xudo bilar - qildingmi tusmol...Qo'rqma, mening sinmas kuragim,Qo'rqma, mening o'ylarim halol.Garchi qadah tuta boshladim,Garchi qizlar tilin bilaman.Meni mayxo'r deyolmas hech kim,Oshiqlari berib qo'ygan tan.Ketmon emas, qalamim ilaKiprigimga ilaman Yerni.Kechir meni, otajon, illo,Portlab-portlab yashagim keldi.Ketganim yo'q qishloqdan to'yib,Ildizimni yaxshi bilaman.Men Zaminni kaftimga qo'yib,Bitta ulkan qishloq qilaman.O'z ruhimni tanidim shul dam,Oq fotiha berdi pirlarim.Fotih bo'lib otlandim, ildam -Qilich tutdi yovqur she'rlarim.Faqat...Meni o'ylab g'am yema,Guldurakman - ko'ngling bo'lsin to'q.Ota bo'lsang bilasan, dema -Ota bo'lib ko'rganimcha yo'q...                                                 1995
    • Автор:

      tristan15
    • 5 лет назад
    • 0
  • Ishonaman sizga, azizimIshonaman sizga, azizim, Faqat meni sevasiz, faqat - O'pich uchun bir menga izn Berasiz-u yotga yo'q shafqat. Turna bo'lib uchar qoshingiz, Qabog'ingiz shimadi shafaq. Shab sharobin ichar sochingiz, Kiprigingiz - hilol, muhaqqaq. Barmog'ingiz atirgulday xush, Ko'ylagingiz yoqasi burma. Ko'ksingizda g'unchalar behush, Poyingizga qadalgan durmi?! Nur elagan oyday yuzingiz Bilamanki, faqat men uchun. Demak, chindir aytgan so'zingiz, Demak, meni sevishingiz chin. Tun torayib boradi asta, Xayolotga bazo'r sig'asiz. Meni o'ylab uxlayolmasdan, Yostiq tilin tishlab chiqasiz. Tuyg'ularim aldamas sira, Hech bir qizni sizday suymadim. Tarqab ketar olis xotira - O'zgaradi yurak qiymati. Xum ichida qolgan g'o'raman, Ko'hna mayday ko'pirar qonim. Faqat sizni yaxshi ko'raman, Faqat sizni o'paman, jonim!
    • Автор:

      keyon
    • 5 лет назад
    • 0
  • Добавить свой ответ

Войти через Google

или

Забыли пароль?

У меня нет аккаунта, я хочу Зарегистрироваться

How much to ban the user?
1 hour 1 day 100 years