Ответы 1

  • Garchi shuncha mag`rur tursa ham,Piyolaga egilar choynak.Shunday ekan, manmanlik nechun,Kibru havo nimaga kerak?

    Kamtarin bo`l, hatto bir qadamO`tma g`urur ostonasidan.Piyolani inson shuning-chunO`par doim peshonasidan.

    1956 

    ***

    SEVGIO`n sakkizga kirmagan kim bor,Bo`g`imgdan gul termagan kim bor.Sen haqingda yozib to`rt satr,Sirdoshiga asta ko`rsatib,Qo`shni qizga bermagan kim bor.

    Dastlab har kim qalam olgan onYonib seni kuylar begumon.Maskan qurib har bir ko`ngildan,Oshiqlarni qoldirib tildan,Shoirlarni qilursan biyron.

    Tushdim chog`i men ham domingga,Ezgu hislar baxsh etding menga,Hayotimga zar lavha bo`lding,Ilk she'rimga sarlavha bo`lding,Xayollarim ulfatdir senga.

    Yuragimda his etdim qanot,Tilsim kabi ochilur hayot,Visoldagi damlarim shirin,Hijrondagi g`amlarim shirin,Kulib boqar menga koinot...

    O`n sakkizga kirmagan kim bor,Bog`ingdan gul termagan kim bor...

    1959

    ***

    O`ZBEGIM (Qasida)Tarixingdir ming asrlarIchra pinhon, o‘zbegim,Senga tengdosh PomiruOqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.

    So‘ylasin AfrosiyobuSo‘ylasin O’rxun xati,Ko‘hna tarix shodasidaBitta marjon, o‘zbegim.

    Al Beruniy, Al Xorazmiy,Al Forob avlodidan,Asli nasli balki O’zluq,Balki Tarxon, o‘zbegim.

    O’tdilar sho‘rlik boshingdanO’ynatib shamshirlarinNecha qoon, necha sulton,Necha ming xon, o‘zbegim.

    Tog‘laring tegrangda go‘yoBo‘g‘ma ajdar bo‘ldi-yu,Ikki daryo - ikki chashming,Chashmi giryon, o‘zbegim.

    Qaysari Rum nayzasidanBag‘rida dog‘ uzra dog‘,Chingizu Botu tig‘igaKo‘ksi qalqon, o‘zbegim.

    Yog‘di to‘rt yondin asrlarBoshingta tiyri kamon,Umri qurbon, mulki toroj,Yurti vayron, o‘zbegim.

    Davr zulmiga va lekinBir umr bosh egmading,Sen - Muqanna, sarbador - sen,Erksevar qon, o‘zbegim.

    Sen na zardusht, sen na buddiy,Senga na otash, sanam,Odamiylik dini birlaToza imon, o‘zbegim.

    Ma’rifatning shu’lasigaTalpinib zulmat aro,Ko‘zlaringda okdi tunlarKavkabiston, o‘zbegim.

    Tuzdi-yu Mirzo Ulug‘bekKo‘ragoniy jadvalin,Sirli osmon tokiga ilk -Qo‘ydi narvon, o‘zbegim.

    Mir Alisher na’rasigaAks-sado berdi jahon,She’riyat mulkida bo‘ldiShohu sulton, o‘zbegim.

    Ilmu she’rda shohu sulton,Lek taqdiriga qul,O’z elida chekdi g‘urbat,Zoru nolon, o‘zbegim.

    Mirzo Bobur - sen, fig‘oningSoldi olam uzra o‘t,Shoh Mashrab qoni sendaUrdi tug‘yon, o‘zbegim.

    She’riyatning gulshanidaSo‘ldi mahzun Nodira,Siym tanni yuvdi ko‘z yosh,Ko‘mdi armon, o‘zbegim.

    Yig‘ladi furqatda FurqatHam muqimliqda Muqiym,Nolishingdan Hindu Afg‘onQildi afg‘on, o‘zbegim.

    Tarixing bitmakka, xalqim,Mingta Firdavsiy kerak,Chunki bir bor chekkan ohingMingta doston, o‘zbegim.

    Ortda qoldi ko‘hna tarix,Ortda qoldi dard, sitam,Ketdi vahming, bitdi zahming,Topdi darmon, o‘zbegim.

    Bo‘ldi osmoning charog‘onTole xurshidi bilan,Bo‘ldi asriy tiyra shomingShu’la afshon, o‘zbegim.

    Men Vatanni bog‘ deb aytsam,Sensan unda bitta gul,Men Vatanni ko‘z deb aytsam,Bitta mujgon, o‘zbegim.

    Faxr etarman, ona xalqim,Ko‘kragimni tog‘ qilib,Ko‘kragida tog‘ ko‘targanTanti dehqon, o‘zbegim.

    O’zbegim deb keng jahongaNe uchun madh etmayin!O’zligim bilmoqqa davrimBerdi imkon, o‘zbegim.

    Men buyuk yurt o‘g‘lidurman,Men bashar farzandiman,Lek avval senga bo‘lsamSodiq o‘g‘lon, o‘zbegim.

    Menga Pushkin bir jahonuMenga Bayron bir jahon,Lek Navoiydek bobom bor,Ko‘ksi osmon, o‘zbegim.

    Qayga bormay boshda do‘ppim,G’oz yurarman, gerdayib,Olam uzra nomi ketganO’zbe

  • Добавить свой ответ

Войти через Google

или

Забыли пароль?

У меня нет аккаунта, я хочу Зарегистрироваться

How much to ban the user?
1 hour 1 day 100 years